Moshkichiri

Moshkichiri

Moshkichiri - quyuq taom. Qiymali moshkichiri, poʻstdumbali moshkichiri, piyozdogʻli moshkichiri, sabzavotli moshkichiri, moshkichiri-muxashshir (moshi alohida qaynatilib poʻsti ajratib olingan moshdan) va boshqa turlari bor.


Qiymali moshkichiri — piyoz va loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht dogʻlangan yogʻda yaxshilab qovuriladi. Soʻngra qozonga suv quyib, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi. Mosh ochilgach, tuz, ziravorlar, guruch solinadi, bir oz oʻtgach suvi tortiladi va moshkichiri qozonga yopishib qirmoch olmasligi uchun kovlab turiladi. Tayyor moshkichiri ni 10—15 min. "dam yedirib" laganga suziladi. Qiyma piyoz bilan yogʻda qovurilib, sardak tay-yorlanadi, laganga suzilgan moshkichiri betiga solinadi. Poʻstdumbali moshkichiri goʻsht oʻrniga tuzi yuvilib, mayda toʻgʻralgan sur poʻstdumbadan tayyorlanadi.

400 g. mosh;
150 g. guruch;
300 g. go'sht;
300 g. charvi yog' yoki o'simlik yogi 
200 g. sabzi, 2 piyoz ;
Ziravorlar

 

 

Moshkichiri

Powered by: KHM & Телерадиокомпания СТВ, STV, Самарканд, Самаркандское телевидение

Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallari ruxsatsiz foydalanish, ko'chirib olib foydalanish mumkin emas. Guvohnoma № 1131